» » “Insoniy Uber”: yapon startapi foydalanuvchini yuzida iPad bo‘lgan odam bilan almashtirdi

“Insoniy Uber”: yapon startapi foydalanuvchini yuzida iPad bo‘lgan odam bilan almashtirdi


Virtual reallik sohasidagi yaponiyalik yaratuvchi Yun Rekimoto “Insoniy Uber” deb atalgan ChameleonMask texnologiyasini taqdim etdi. Yaratuvchining g‘oyasiga ko‘ra, texnologiya uzoqdagi foydalanuvchining yuzini boshqa joyda ko‘rsatishi kerak. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Startap turli uchrashuvlarda foydalanuvchining tanasi sifatida “yasama” odamdan foydalanadi. Bu holatda “yasama” odam yuzni yopuvchi maxsus niqobni kiyadi. Planshetda jonli efirda foydalanuvchining yuzi namoyish etiladi, u hammani kamera orqali ko‘radi va gaplasha oladi.

Rekimoto o‘z loyihasiga telemavjudlik qurilmasining dastlabki ko‘rinishi sifatida qaramoqda. U texnologiya ustida bir necha yildan buyon ishlamoqda.

Vice nashri texnologiyani qo‘llash bo‘yicha bir nechta holatlarni o‘ylab topgan: kimnidir do‘stlarga uy ko‘chirishda yordamga jo‘natish mumkin yoki karavotda yotgan holda o‘g‘lining beyzbol o‘yinini ko‘rishga borish mumkin. Biroq hozircha “yasama” odam hech qayerga urilmasdan qanday harakatlanadi, degan savolga javob yo‘q. Planshet butun yuzni yopadi va ko‘rish uchun joy qoldirmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют