» » Toshkentdagi “O‘rikzor” bozori sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi “O‘rikzor” bozori sotuvga qo‘yildi


Toshkentdagi “O‘rikzor” ulgurji-chakana bozori sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Spot.uz” xabar bermoqda.

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi 31-yanvar kuni savdoga qo‘ygan davlat aktivlari ro‘yxatida savdo va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ikki kompleks ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Toshkent avtomobil halqa yo‘lida joylashgan, 22,7 ming kvadrat kilometr maydonga ega birinchi kompleks 42,7 milliard, Uyg‘ur ko‘chasidagi maydoni 23,6 ming kvadrat kilometr bo‘lgan ikkinchi kompleks 62 milliard so‘mdan taklif etilmoqda.

Ikki kompleks ham oferta shartnomasi bo‘yicha taklif etilmoqda va investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi. Yangi xaridor mazkur ob’ektlarga mablag‘ kiritishi lozim, uning aniq summasi ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot uchun, hozirda komplekslar “O‘rikzor savdo kompleksi” MChJ balansida bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют