» » O‘zbekistonlik er-xotin Cobalt’da Toshkentdan Rimgacha bordi (foto)

O‘zbekistonlik er-xotin Cobalt’da Toshkentdan Rimgacha bordi (foto)


O‘zbekiston fuqarosi Konstantin Bushayev rafiqasi Liliya Bushayeva bilan o‘zining Cobalt rusumli avtomoshinasida deyarli butun Yevropani aylanib chiqib, Italiya poytaxti Rim shahrigacha bordi. Bu haqda ular Facebook’dagi “Avtoturist.uz” guruhiga xabar qoldirgan, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Konstantin o‘z sayohatini O‘zbekistonning shimoliy hududlaridan boshlab, avvalo, Buxoro va Nukusda bo‘lgan. Shundan so‘ng ular sayohatni Qozog‘iston orqali davom ettirib, Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrigacha borgan.

Shundan so‘ng u o‘zining Cobalt’i bilan Rossiya orqali dastlab Belarus, keyin Polshaga o‘tadi.

Germaniya, va Avstriyani aylanib chiqqan Bushayevlar oilasi Italiyaga sayohatni Venetsiya shahridan boshlagan. Keyin Konstantin va Liliya San-Marina tomon harakatlanib, Rimga yetib borgan.

U o‘zi yetib borgan har bir shahar va davlatda ma’lum muddat bo‘lib, diqqatga sazovor joylar bilan tanishgan, sayohat qilgan manzillarini tasvirga olib Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют