» » Isroillik Gidi Kanyuk “Paxtakor”ni tark etib, “Makkabi T-A” klubi safiga borib qo‘shildi

Isroillik Gidi Kanyuk “Paxtakor”ni tark etib, “Makkabi T-A” klubi safiga borib qo‘shildi


O‘tgan mavsumning yarmida “Paxtakor”ga kelib qo‘shilgan va Toshkent grandi bilan 2,5 yillik kelishuvga erishgan Gidi Kanyuk faoliyatini “Makkabi T-A” safida davom ettiradi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lumot bergan.

“Championat.asia” nashri Kanyukning ijaraga berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi. “Paxtakor” rasmiy sayti bu borada tushuntirish bermagan.

Kanyuk “Paxtakor”ga kelishidan oldin Petax-Tikvaning “Makkabi P-T” klubida to‘p surgandi. Vatani Isroilga qaytishi esa Tel-Avivga to‘g‘ri keldi.

Shu tariqa “Paxtakor”da legionerlar soni 1 taga kamaydi. Ayni paytda braziliyalik Tiagu Bezerra, portugaliyalik Ismoil Gonsalvesh, chernogoriyalik Marko Simich va avstraliyalik Rostin Griffits kabi futbolchilar Toshkent klubi bilan birga.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют