» » Isroil Mahmud Abbosning BMT Xavfsizlik kengashi majlisidagi ishtirokini muzokaralardan bosh tortish deb qabul qildi

Isroil Mahmud Abbosning BMT Xavfsizlik kengashi majlisidagi ishtirokini muzokaralardan bosh tortish deb qabul qildi


Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil bilan muzokaralarni qayta boshlash uchun barcha imkoniyatlarni yo‘q qilib tashlashga intilmoqda. Bu haqda Isroilning BMTdagi doimiy vakili Danni Danon aytib o‘tdi. Shu tariqa u Falastin yetakchisining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha 20-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Xavfsizlik kengashi majlisida ishtirok etish rejasiga munosabat bildirdi, deb yozadi “TASS”.

“So‘nggi nutqlarida antisemitik shiorlarni tarqatganidan keyin, endi Mahmud Abbos Isroil bilan muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha har qanday imkoniyatlarga nuqta qo‘yishga harakat qilyapti”, — deyiladi diplomatning yozma bayonotida.

“AQShga qarshi harakat qilishni davom ettirib va Isroilga qarshi bir tomonlama harakatlarga erishib, Abbos bugungi voqelikni mutlaqo yanglish ko‘ryapti va o‘z xalqi uchun yaxshiroq kelajak qurish istiqboliga zarar yetkazmoqda”, — dedi Danon.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют