» » Braziliya prezidenti tirikligini isbotlamagani uchun pensiyadan quruq qoldi

Braziliya prezidenti tirikligini isbotlamagani uchun pensiyadan quruq qoldi


Braziliya prezidenti Mishel Temer tegishli idoralarga tirikligini isbotlamagani uchun pensiyadan quruq qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

78 yoshli Temer 1999-yilda San-Pauluda nafaqaga chiqqan, bungacha u shtat prokurori bo‘lib ishlagandi.

Braziliyada pensionerlar har yili tavallud kuni “tirikligining isboti” deb ataladigan qayta ro‘yxatdan o‘tish jarayonini o‘tashi lozim. Temerning tug‘ilgan kuni 23-sentabrga to‘g‘ri keladi, biroq u zarur hujjatlarni vaqtida taqdim etmagani uchun noyabr va dekabr pensiyasidan mahrum bo‘ldi.

Prezident ma’muriyati vakillari davlat rahbari bandligi sababli jarayonni o‘tkazib yuborgani, barcha kerakli hujjatlar endi jo‘natilganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют