» » Samarqand viloyat hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Samarqand viloyat hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi


Otabek Babayev 1-fevraldan e’tiboran Samarqand viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Otabek Burxanovich Babayev 1973-yilning 1-aprel kun Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan.

2002-yilda Samarqand davlat universitetini (2004-yilda magistr) tamomlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (magistr) tinglovchisi.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi, tashqi iqtisodiy munosabatlar.

Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tuman “Matlubotsavdo” aksiyadorlik jamiyatida ishlagan.

1991—1994-yillarda Samarqand oliy tijorat kollejida o‘qigan.

Shundan so‘ng “O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding” kompaniyasiga qarashli “Shahrisabz-konserva” aksiyadorlik jamiyatida ta’minotchi-muhandis;

“Kamolot” yoshlar jamg‘armasi Qashqadaryo viloyat bo‘limida ijrochi direktor;

Qashqadaryo viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi marketing markazida sho‘ba mudiri;

Samarqand viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasida tashqi iqtisodiy aloqalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i;

viloyat iqtisodiyot boshqarmasi hududlarni kompleks rivojlanishining monitoringi, tahlil va yig‘ma bo‘limida boshliq o‘rinbosari;

viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasida boshliq;

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют