» » KXDR BMTdan AQShning Koreya yarim orolidagi “xavfli o‘yinlari”ga e’tibor qaratishni talab qildi

KXDR BMTdan AQShning Koreya yarim orolidagi “xavfli o‘yinlari”ga e’tibor qaratishni talab qildi


KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga xat yozib, AQShning Koreya yarim orolidagi “xavfli o‘yinlari” dunyo miqyosida yadroviy falokatga olib kelishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “TASS”.

Li Yon Xoning so‘zlariga ko‘ra, Koreyalararo munosabatlarda qiyinchilik bilan erishilgan yaxshilanish va yumshagan keskinlik Koreya yarim orolida va unga yaqin hududlarda yadro urushi olib borish uchun qurol to‘playotgan AQShning kirdikorlari tufayli barbod bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, vazir ma’lum qilishicha, Vashington Pxyonchxandagi Olimpiada vaqtida to‘xtatib qo‘yilgan Amerika-Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari musobaqalar tugaganidan keyin qayta boshlanishini ochiqdan-ochiq aytmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют