» » Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov harbiy qasamyod qildi

Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov harbiy qasamyod qildi


Rio—2016 Olimpiadasining boks turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan Fazliddin G‘oibnazarov harbiy qasamyod qildi, deb yozdi “Xalq so‘zi” nashri.

Shuningdek, xabarga boks ustasining harbiylar formasida tushgan surati ham ilova qilindi.

Armiyaga kelib, mamlakatimiz tinchligi, chegaralarimiz daxlsizligi ishonchli qo‘llarda ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yurt osoyishtaligi yo‘lida borini berishga tayyor bo‘lgan ofitser va serjantlar suhbatida bo‘ldim. Ma’naviy-ma’rifiy, jangovar va saf tayyorgarliklari, o‘q otish mashg‘ulotlari, harbiylarga xos aniq va tezkor qaror qabul qilish, voqea-hodisaga munosabat bildirishdan avval, kuzatish, tahlil qilish, holatning tub mohiyati va sabablarini o‘rganish, qisqasi, bularning barchasi hayotga, kasbimga, odamlarga, vatanga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirdi.

Fazliddin G‘oibnazarov, bokschi

Fazliddin G‘oibnazarov 2017-yil professional boksni afzal bilgan bo‘lib, bungacha u faoliyatini okean ortida davom ettirib kelayotgandi. Katta ehtimol bilan sportchi kelgusi janglariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yana bir bor AQShga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют