» » Jon Herbst: Shavkat Mirziyoyev xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda

Jon Herbst: Shavkat Mirziyoyev xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda


So‘ngi vaqtlarda O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar, tahlilchilar, Markaziy Osiyo mintaqasi bilan qiziquvchi tomonlar O‘zbekistonda kechayotgan mazkur o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib, olib borilayotgan islohotlar haqida o‘z xulosalarini bayon etmoqda. O‘zA AQShlik taniqli ekspertning shu borada bildirgan o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdi.

Jon Herbst  2000—2003-yillarda AQShning O‘zbekistondagi, 2003—2006-yillarda esa Ukrainadagi elchisi bo‘lgan. Hozirda u Atlantika Kengashida yetakchi ekspert, iste’fodagi diplomat. Vazifasi Yevrosiyodagi siyosiy dinamikani tahlil qilish va AQSh hukumatiga maslahat berib turish. Sobiq ittifoq bo‘yicha katta tajribaga ega arbob sanaladi.

O‘tgan bir yil ichida Toshkent tashlagan qadamlarga qarab, bu mamlakatda siyosiy-biznes elita Prezident atrofida birlashganini ko‘rish mumkin. Mirziyoyevga yakkahokim deb qaray olmaymiz. Prezident qarorlarni o‘zi bilganicha qilayotgani yo‘q, u uyushgan elitaga tayanmoqda.

Prezident xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda. Shu bilan Mirziyoyev usta siyosatchi ekanini namoyon qilmoqda. Aytayotgan gaplari, tashlayotgan ehtiyotkor qadamlari bilan hammani sinovdan o‘tkazmoqda, tavakkal ham qilayotgani aniq.

O‘zbekiston Rossiya va Xitoy bilan tutashmagani unga ustunlik beradi. Vashington u bilan shu bois ham yaqindan ishlashi kerak. Va bir narsani esda tutish lozim: O‘zbekiston tobora o‘zgarib, erkinlashib borishi uchun yordam zarur, lekin demokratiya va matbuot erkinligiga erishish uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi.

Siyosiy mentalitet yangilanishi, xalq erkinlik va qonun ustuvorligi degan qadriyatlarga o‘rganishi uchun nafaqat sabr-qanoat zarur, balki qattiq mehnat ham qilish zarur. Islohotlar faqat Prezidentga bog‘liq emas, o‘zgarish qilish faqat uning qo‘lida emas. Lekin davlat rahbari xalqiga bu borada yetakchilik qilishi zarur.

Jon Herbst, AQSh hukumati maslahatchisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют