» » Xakerlar yarim milliard dollarlik NEM kriptovalyutasini o‘marishga muvaffaq bo‘ldi

Xakerlar yarim milliard dollarlik NEM kriptovalyutasini o‘marishga muvaffaq bo‘ldi


Yaponiya moliya vazirligi qoshidagi moliyaviy xizmatlar agentligining mutaxassislari Coincheck kriptovalyuta birjasining Sibuyadagi bosh ofisida tintuvni boshladi. Bunga xakerlar tomonidan 54 milliard iyena (salkam 534 million dollar) miqdoridagi virtual NEM valyutasining o‘g‘irlanishi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi NHK telekanali.

Yapon huquq-tartibot idorasining vakillari kompaniya hisobotlarini tekshirib ko‘rish niyatida, shuningdek, ular mazkur birja mablag‘larini yo‘qotgan mijozlar oldidagi majburiyatini bajarishi va ularga kompensatsiya to‘lab berishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilmoqchi.

Ayni vaqtda birjada kriptovalyutalar savdosi to‘xtatilgan. Kelishuvlar faqatgina bitkoinlarda amalga oshirilmoqda. NEM 2015-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, dunyodagi eng yirik kriptovalyutalar o‘ntaligiga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют