» » Yaponiya hukumati imperator Akixitoning taxtdan voz kechishiga tayyorgarlik jarayonini sir tutadi

Yaponiya hukumati imperator Akixitoning taxtdan voz kechishiga tayyorgarlik jarayonini sir tutadi


Yaponiya hukumati jamoatchilikni maxsus qo‘mitada olib borilayotgan yopiq munozaralar haqida xabardor etishni hozircha rejalashtirmayapti. Munozaralar hozirgi imperator Akixitoning taxtdan voz kechishi va uning merosxo‘ri — shahzoda Naruxitoning taxtni egallashi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan marosimlarga tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan. Bu haqda 2-fevral, juma kuni vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Bu jarayonga jalb etilgan ekspertlar nomlari ham oshkor etilmaydi.

“Tinch vaziyatda ishlashni istaymiz”, — dedi u. Shu bilan birga, u qo‘mita ishi va chiqarilgan xulosalar haqidagi hisobot tegishli vaqtda ommaga taqdim etilishiga so‘z berdi.

“Imperatorning taxtdan voz kechishi konstitutsiyaviy tizimda yashayotgan zamonaviy Yaponiyada ilk bor yuz beradi. Bunga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish lozim”, — deydi Suga. Maxsus qo‘mitaga imperator saroyi boshqarmasi rahbariyati, boshqa yuqori mansabdorlar kiritilgan. Uning ishiga huquqshunoslar, tarix bo‘yicha mutaxassislar jalb etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют