» » AQShda Marvel komikslari muallifi shifoxonaga yotqizildi

AQShda Marvel komikslari muallifi shifoxonaga yotqizildi


Komikslar muallifi Sten Li Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda 1-fevral, chorshanba kuni TMZ portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

95 yoshli Li yurak faoliyati va nafas olishdagi muammolar tufayli shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda shifokorlar uning ahvoli barqaror ekanligini ma’lum qildi.

“Sten o‘zini yaxshi his qilayapti. U ehtiyot chorasi sifatida yana bir necha kun shifoxonada qoladi”, — deydi Lining vakili.

Yozuvchi, muharrir va ssenarist Sten Li komikslar, jumladan, “O‘rgimchak odam” (Spider-Man), “Temir odam” (Iron Man) komikslari muallifi sifatida mashhur. U Amerikaning Marvel Comics kompaniyasi bosh muharriri, noshiri va direktorlar kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют