» » Jina Lollobrijida Gollivudning shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi (video)

Jina Lollobrijida Gollivudning shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi (video)


O‘tgan yili o‘zining 90 yoshini nishonlagan italiyalik aktrisa Jina Lollobrijida 1-fevral, payshanba kuni Los-Anjelesdagi Gollivudning shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

Ushbu yulduz hisob bo‘yicha Gollivud bulvaridagi yo‘lakka o‘rnatilgan 2628-ramz bo‘ldi. Uning ochilish marosimida italiyalik aktrisaning o‘zi ham ishtirok etdi.

“Ko‘p marotaba sayr qilgan bulvarimda bo‘lishdan juda xursandman. Bu yerda ko‘plab yulduzlarni abadiylashtirish borasidagi fikr menga yoqadi”, — dedi aktrisa Variety nashriga bergan intervyusida.

Here's the star unveiling on the #hollywoodwalkoffame for international screen icon Gina Lollobrigida. She says, at 90, she's still got it going on! pic.twitter.com/nnWii5kekh

— George Pennacchio (@abc7george) February 1, 2018

Lollobrijida Italiya kinematografiyasining yorqin vakillari, jumladan, Luiji Zampa, Mario Monichelli, Karlo Litssani kabi rejissorlarning filmlarida suratga tushgan. Unga mashhurlikni Fanfan la Tulipe kartinasidagi, shuningdek, Viktor Gyugoning “Noterdam sobori” asari asosida ekranlashtirilgan filmdagi Esmeralda rollari olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют