» » Norin tumanida fermerlar 3 ta kutubxonani foydalanishga topshirdi

Norin tumanida fermerlar 3 ta kutubxonani foydalanishga topshirdi


Norin tumani markazi Haqqulobod shaharchasi, Qozoqovul va Bo‘ston qishloqlarida bir yo‘la 3 ta kutubxona ochildi. Bu haqda “Daryo”ga “Norin ovozi” gazetasi ma’lum qildi.

“Mahammadali ota nabirasi Burhonjon” fermer xo‘jaligi rahbari Nabijon Mamadaliyev 270 million so‘m sarflab, tuman markazida zamonaviy kutubxona qurdirdi. U Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifi chog‘ida kutubxona qurishga va’da bergandi, astoydil harakat qilib, so‘zining ustidan chiqdi.

Fermer Nodirjon Siddiqov otasi, uzoq yillar “Bo‘ston”, “Katta O‘lmas” jamoa xo‘jaliklarini boshqargan Olimjon Siddiqov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Qozoqovulda tashkil etgan kutubxona qishloq ahlining eng gavjum maskaniga aylandi. Bu yerda elektron kutubxonadan foydalanish ham yo‘lga qo‘yildi.

“Bo‘stonlik Anvarbek” fermer xo‘jaligi rahbari Anvarjon Umarovning sa’y-harakati bilan Bo‘ston qishlog‘ida mo‘’jazgina kutubxona qad rostladi. Homiylar ko‘magida kutubxonaga 10 million so‘mlik kitob keltirildi.

Mazkur ziyo maskanlarining ochilish marosimida ishtirok etgan Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kutubxonalarga 60 million so‘mlikdan ortiq kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют