» » Tergov departamenti 2017-yilda avvalgi yillarda fosh etilmasdan to‘xtatilgan jinoyat ishlarining 1 526 tasini ochdi

Tergov departamenti 2017-yilda avvalgi yillarda fosh etilmasdan to‘xtatilgan jinoyat ishlarining 1 526 tasini ochdi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti 2017-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Tergov departamenti va uning quyi tizimlari tomonidan 2017-yilning 12 oyida avvalgi yillardan fosh etilmasdan to‘xtatilgan jinoyat ishlarning 1 526 tasi fosh etilib, ular bo‘yicha jinoyat ishlari tiklanib, tergov natijasiga ko‘ra tegishli sudlarga yuborildi.

Tergov va jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tekshiruvlar va tergov harakatlari natijasida fosh etilmagan jinoyatlarni avvalgi yillarga nisbatan 2 223 taga kamayishiga erishildi.

Qidiruv e’lon qilinib, to‘xtatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha 2017-yil davomida jami 2 707 nafar qidiruvdagi ayblanuvchilar ushlanib, ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari sud idoralariga yuborildi.

7 225 ta jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchi va jabrlanuvchilar tergov davomida yarashtirilib, jinoyat ishi yarashuv asosida sudga yuborildi. Tergov organlarining sa’y-harakatlari bilan fuqarolar va davlatga yetkazilgan 330,7 milliard so‘mdan ziyod moddiy zarar undirildi.

Tergov departamenti va uning quyi tizimlariga yil davomida jami 29 733 ta murojaatlar kelib tushib, ularning 3 833 tasi ijobiy hal etilib, 17 435 nafar shaxsga tushuntirishlar berildi.

Avvalgi yillardan to‘xtatilgan jinoyat ishlardan jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi va boshqa sabablar bilan jami 11 986 ta jinoyat ishlari tugatildi.

Yangi tashkil etilgan Surishtiruv instituti bo‘yicha tergov bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan surishtiruvchilar tomonidan 2017-yil davomida jami 19672 ta jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va tergov harakatlari ishlari olib borilib, natijasiga ko‘ra ularning barchasi 1 oylik muddatda tamomlanib, jabrlanuvchilarning poymol etilgan huquqlari tiklanib, jinoyat ishlari tegishli sud idoralariga yuborildi.

Jinoyatning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf qilish yuzasidan surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan 2017-yil davomida mahallalarga, ta’lim muassasalariga, korxonalarga va davlat tashkilotlariga jami 50 301 ta taqdimnomalar kiritilib, o‘tkazilgan muhokamalarning 31 201 tasida surishtiruvchi va tergovchilarning shaxsan ishtiroki ta’minlandi.

Huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy ongini shakllantirish maqsadida muntazam ravishda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga sharh berish yo‘li bilan Ommaviy axborot vositalarida xodimlar tomonidan 2 580 ta chiqishlar qilindi, 12 561 ta uchrashuvlar, 67 ta davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tergov departamenti va uning quyi tizimlari xodimlarining o‘z ustida ishlashi, bilim saviyasini va kasbiy mahoratini muntazam ravishda oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, natijasi bo‘yicha xodimlardan sinovlar qabul qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют