» » Bloomberg: Intel 2018-yilda lazer proyektorli “aqlli” ko‘zoynaklarni ishlab chiqaradi

Bloomberg: Intel 2018-yilda lazer proyektorli “aqlli” ko‘zoynaklarni ishlab chiqaradi


Intel kompaniyasi lazer proyektorli “aqlli” ko‘zoynaklarni ishlab chiqarish niyatida. Qurilma 2018-yilda sotuvga chiqadi. Bloomberg agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Intel ko‘zoynaklar uchun alohida kompaniya ajratib, uni Vaunt deb atashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi TJournal.

Ishlab chiqarish Tayvanning Quantum Computer kompaniyasiga topshiriladi, ixtiro ishlariga esa Recon Instrument — 2015-yilda Intel sotib olgan va 2017-yilda yopgan startapining xodimlari rahbarlik qiladi. Ko‘zoynaklar foydalanuvchining ko‘z o‘ngida ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi lazerli proyektorlar bilan jihozlanadi. Ammo hozircha uning texnik tavsifi va narxi haqida batafsil ma’lumotlar mavjud emas.

Bloomberg 2016-yilda Apple kompaniyasi o‘zining qo‘shimcha reallikka ega “aqlli” ko‘zoynaklarini ishlab chiqarayotgani haqida xabar bergandi. Biroq kompaniya rahbari Tim Kuk sifatli “aqlli” ko‘zoynaklarni yaratishda yordam beradigan texnologiya “hozircha mavjud emas” degan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют