» » Xitoylik tadqiqotchilar bolalar uchun quloq yetishtira boshladi

Xitoylik tadqiqotchilar bolalar uchun quloq yetishtira boshladi


Xitoylik olimlar tajriba sifatida 5 nafar bolaga o‘zlarining kemirchak to‘qimalaridan yaratilgan quloqni o‘rnatdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Mazkur usul orqali  olimlar mikrotiya, ya’ni quloq chanog‘ining tug‘ma rivojlanmay qolishi bilan kurashishni boshladi.

Mikrotiya har 12 ming nafar chaqaloqdan birida kuzatiladi. Mazkur kasallik eshitish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Sababi, quloq chanog‘i ovozni tutib, uning manbasi joyini aniqlashga yordam beradi.

Mikrotiya asoratlari bilan kurashish uchun sun’iy quloqlar yoki bolaning qovurg‘asidan olingan kemirchak to‘qima qo‘llaniladi.

Yangi uslub sog‘lom quloqni skaner qilish va uning sun’iy muqobilini yaratish jarayonini o‘z ichiga oladi.

Operatsiya qilingan bolalar 5 yil shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Shifokorlar mazkur jarayon kutilgan natijani berganini nazorat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют