» » Qirg‘iziston davlat qarzi 4,5 milliard dollarga yetdi

Qirg‘iziston davlat qarzi 4,5 milliard dollarga yetdi


Qirg‘iziston davlat qarzi 4,5 milliard dollar ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda 2-fevral, juma kuni respublika moliya vaziri Adilbek Kasimaliyev ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Respublika davlat qarzi 311,8 milliard somni (4,53 milliard dollar atrofida) tashkil etadi, bunda tashqi qarzga 280,9 milliard som, ichki qarzga esa 30,9 milliard som (450 million dollarga yaqin) to‘g‘ri keladi”, — deydi u.

Vazir yaqin vaqt ichida tashqi qarz bilan bog‘liq vaziyatni normallashtirishga erishilishiga umid bildirdi. Bunga jumladan, Rossiya 240 million dollar miqdoridagi Qirg‘iziston qarzidan voz kechishi hisobidan erishiladi. U yaqin vaqt ichida hujjat Rossiya prezidenti tomonidan imzolanib, Qirg‘iziston tashqi qarzi ancha kamayishiga umid bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют