» » Norinda hokim o‘ribosari bozordagi go‘sht rastalarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgani uchun jarimaga tortildi

Norinda hokim o‘ribosari bozordagi go‘sht rastalarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgani uchun jarimaga tortildi


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Norin dehqon bozori” MChJ rahbari V.Abdumajidovning Norin tumanidagi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan jamiyat faoliyatida noqonuniy ravishda tekshirish o‘tkazilganligidan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi, deb xabar berdi “Inson va qonun” nashri.

O‘rganish jarayonida 2017-yil 21-iyulda Norin tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va uchastka davlat inspektori hamda tuman DSENM xodimi tomonidan tuman hokimligi mansabdor shaxslarining topshirig‘iga asosan “Norin dehqon bozori” MChJ va unga qarashli Norinkapa filialida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining ruxsatisiz, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid ravishda noqonuniy tekshirish o‘tkazilgan.

Tuman hokimligi mansabdor shaxslari, Norin tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va uchastka davlat inspektori hamda tuman DSENM xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Norin tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Norin tuman prokuraturasi tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari, veterinariya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va uchastka davlat inspektori hamda DSENM xodimiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, tuman ma’muriy sudining 2017-yil 27-oktabrdagi qarorlari bilan ularning har biriga eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют