» » Putin saylovlarda mag‘lub bo‘lsa, kombayn haydovchisi bo‘lib ishlashga va’da berdi

Putin saylovlarda mag‘lub bo‘lsa, kombayn haydovchisi bo‘lib ishlashga va’da berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rostov-Dondagi “Rostselmash” kombayn zavodi sexlaridagi yangi texnika bilan tanishdi, deb xabar beradi “MK.ru”.

Putin trenajyor ruliga o‘tirib ko‘rdi va yig‘ilganlarni navbatdagi xazili bilan taajjublantirdi.

Avvaliga prezident savdo va sanoat vaziri Denis Manturov hamda “Rostselmash” direktorlar kengashi raisi Konstantin Babkin hamrohligida traktor yig‘iladigan sexdagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishgan.

Putin bug‘doy o‘ruvchi kombayn simulyatorini yurgizib, hatto o‘rish jarayonini ham sinab ko‘rgan. U simulyatorga yuqori baho berib, “Agar prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lsam, 18-martdan keyin kombayn haydash bilan shug‘ullanaman”, degan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют