» » AQShda internet personaji uchun qotillikka urinishda ayblangan maktab o‘quvchisi 40 yillik majburiy davolanishga hukm qilindi

AQShda internet personaji uchun qotillikka urinishda ayblangan maktab o‘quvchisi 40 yillik majburiy davolanishga hukm qilindi


AQShda 15 yoshli Morgan Geyzer tengdoshini o‘ldirishga urinishda ishtiroki uchun ruhiy shifoxonada 40 yillik majburiy davolanishga hukm qilindi, deb yozadi TJournal.

2014-yilda Geyzer va uning dugonasi Anissa Veyyer tengdoshi Payton Leytnerni qurbonlik keltirish uchun unga 19 marta pichoq urgan. Leytner tirik qolgan va o‘rmondan chiqishga erishgan. O‘shanda qizlarning hammasi 12 yoshda bo‘lgan.

O‘shanda Geyzerga erta shizofreniya tashxisi qo‘yilgan. 2017-yilda u tergov bilan bitim tuzib, qotillikka urinishdagi aybini tan oldi. Bunga javoban u ruhiy xastaligi uchun qamoq jazosidan qutulib qoldi. Himoya tomondan shifokorlar unda psixopatik sindromlar o‘tganligini ta’kidlaganligiga qaramasdan, ayblov tomondan ekspertlar u hamon “ovozlar eshitayotganligi” hamda o‘zi va jamiyat uchun xavfli ekanligini aniqladi.

Geyzer va Veyyer 2014-yilda Leytnerga internet personaji bo‘lgan Slendermenning ko‘nglini ovlash uchun hujum qilganligini tan oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют