» » Umid Ahmadjonov “Andijon” va “Qo‘qon-1912”ning 10 nafardan muxlisini xorijga bepul yuborishga va’da berdi

Umid Ahmadjonov “Andijon” va “Qo‘qon-1912”ning 10 nafardan muxlisini xorijga bepul yuborishga va’da berdi


“Andijon” va “Qo‘qon-1912” futbol klublarining eng faol 10 nafardan muxlisi “Nasaf”ning Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan joy olgan safar uchrashuvlariga bepul tashrif buyuradi.

Bugun — 2-fevral kuni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Andijon va Qo‘qon shaharlariga tashrif buyurib, futbolning bu maskanlardagi holati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “Qo‘qon-1912”ning rekonstruksiya qilinayotgani stadioniga bordi.

Tashrifi davomida Ahmadjonov andijonlik va qo‘qonlik futbol muxlislari bilan uchrashdi. Sir emaski, “Andijon” va “Qo‘qon-1912” klublarining uy uchrashuvlariga muxlislar tashrifi yaxshi. Shundan kelib chiqib, Umid Ahmadjonov har ikki klubning eng faol 10 nafardan muxlislarini rag‘batlantirishga qaror qildi.

Unga ko‘ra, har ikki klubning 10 nafardan muxlisi “Nasaf”ning Chempionlar Ligasidagi safar uchrashuvlariga borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda ular O‘zbekiston klubiga muxlislik qiladi.

Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma olgan “Nasaf” Amirliklarning “Al-Vasl”, Qatarning “As-Sadd” hamda Eronning “Persipolis” klublariga raqiblik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют