» » O‘zbekistonlik olim Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi

O‘zbekistonlik olim Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi etib saylandi


O‘zbekistonlik matematik olim, Fanlar akademiyasi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘tkir Roziqov 26-yanvar kuni Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) a’zosi etib saylandi. Bu haqda xalqaro tashkilotning rasmiy saytida xabar qilindi, deb yozadi O‘zA.

Butunjahon fanlar akademiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida faoliyat ko‘rsatuvchi yirik xalqaro ilmiy muassasadir. Bugungi kunda mazkur nufuzli ilmiy tuzilma sayyoramizning barcha qat’alaridan ming nafardan ziyod yetakchi olim, muhandis va ixtirochilarni birlashtirib kelmoqda. Kuni kecha tashkilotning yangi a’zolarini aniqlash bo‘yicha barcha haqiqiy a’zolar ishtirokida o‘tkazilgan saylovda o‘zbek olimi ana shunday yuksak sharafga munosib topildi. Unda ilmiy tuzilma tarkibiga dunyoning 24 mamlakatidan 55 nafar yangi a’zo saylandi. O‘tkir Roziqov Markaziy Osiyodan yangi saylangan ikki olimning biridir. Bugunga qadar O‘zbekiston olimlaridan to‘rt nafari (Ayupov Sh.A. — 2003 yilda, Abduraxmonov I.Y. — 2014-yilda, Ganiyev R.A. — 2008-yilda, Rozikov O‘.A. — 2018-yilda) TWAS’ning haqiqiy a’zolari sifatida saylangan.

O‘tkir Roziqov matematik analiz, algebra va extimollar nazariyasining zamonaviy usullari bilan fizik va biologik sistemalarning termodinamikasi va dinamikasi nazariyalarini yaratib, ularni tabiiy fanlarda qo‘llashda yuksak natijalarga erishgan jahonda ko‘zga ko‘ringan matematik olimdir.

O‘. Roziqov 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ahamiyatlisi shundaki, nashrlarining katta qismi yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda chop etilgan. Olingan natijalari halqaro miqyosda yuqori baholangani bois O‘. Roziqov 20 dan ortiq yetakchi xalqaro universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan — eng obro‘li ilmiy minbarlarda o‘z sohasi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.

O‘. Roziqov yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida ham bir necha yildan buyon sermahsul faoliyat yuritib keladi. Uning ilmiy rahbarligida 8 ta fan nomzodi va 1 ta fan doktori dissertatsiyalari himoya qilingan, bugungi kunda shogirdlari orasidan 3 tasi PhD va 2 tasi fan doktori ilmiy darajalarini olishga tayyorlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют