» » Sony bosh direktori iste’foga chiqishini e’lon qildi

Sony bosh direktori iste’foga chiqishini e’lon qildi


Sony bosh direktori Kadzuo Xirai 2-fevral, juma kuni to‘satdan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Kompaniyani 2012-yildan beri boshqarib kelgan Xirai butkul ketayotgani yo‘q, u direktorlar kengashi raisi bo‘lib qoladi. O‘tgan vaqt mobaynida Sony moliyaviy ko‘rsatkichlari va ko‘plab bozorlardagi mavqeyini tiklashga muvaffaq bo‘lgandi.

Sony bosh direktori lavozimini 1-apreldan e’tiboran hozirgi moliyaviy direktor Ken’itiro Yosida egallaydi.

Kompaniya aksiyalari shu kuni 1,9 foizga qimmatladi. Oxirgi yil mobaynida Sony kapitallashuvi 55 foizga oshib, 6,5 trillion iyenga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют