» » Toshkent viloyatida piyodalar o‘tish joylarida yorqinroq nur qaytaruvchi oq-sariq rangli bo‘yoqlardan foydalanilmoqda

Toshkent viloyatida piyodalar o‘tish joylarida yorqinroq nur qaytaruvchi oq-sariq rangli bo‘yoqlardan foydalanilmoqda


Bugungi kunda Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahar-tumanlarida piyodalar o‘tish joylariga oq-sariq rangli bo‘yoqlardan foydalanilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Bu tajribaning afzalligi shundaki, oq-sariq rangli piyodalar o‘tish joylari yorqinroq nur qaytarib, haydovchilarning e’tiborini jalb etadi, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda alohida ahamiyatga ega.

Viloyat hududida nafaqat mavjud piyodalar o‘tish joylari yangi ko‘rinishga o‘zgartirilmoqda, balki zarur joylarga yangidan tashkil etilayapti.

Yangi ko‘rinishdagi piyodalar o‘tish joylari yo‘llarning xavfli qismlarida piyodalar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют