» » O‘zbekiston fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish 11-fevralga qadar to‘xtatib turiladi

O‘zbekiston fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish 11-fevralga qadar to‘xtatib turiladi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi yangi binoga ko‘chishi munosabati bilan bir qator xizmatlari vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, tuman Ichki ishlar boshqarmalari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari hamda Toshkent shahrining 70 ta shahar ichki bo‘limlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishi 2018-yilning 5-fevral kunidan 11-fevraliga qadar vaqtincha to‘xtatiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;

2. Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;

3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish;

4. Chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini rasmiylashtirish;

5. Chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish;

6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risida qayd varag‘ini rasmiylashtirish.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli 1-berk ko‘chasi, 5-uy manziliga ko‘chmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют