» » Qoraqalpog‘istonlik ikki fuqaro ko‘chaga chiqindi tashlagani uchun 172 ming so‘mdan jarimaga tortildi

Qoraqalpog‘istonlik ikki fuqaro ko‘chaga chiqindi tashlagani uchun 172 ming so‘mdan jarimaga tortildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi hududiy bo‘limi tomonidan 2017-yilda 126 noqonuniy chiqindi tashlash joyi aniqlangan. 297,5 tonna chiqindi maxsus joylarga chiqarilib, yo‘q qilingan deb xabar berdi O‘zA.

Nukus tumanida o‘tkazilgan reyd davomida Toqtao‘ va Oq terak mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolar tomonidan ko‘chaga chiqindi chiqarib tashlanayotgani aniqlandi. Ularga nisbatan tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi va eng kam ish haqining bir barobari miqdorida jarimaga tortildi.

“O‘tgan yili ekologik nazorat ishlari bo‘yicha belgilangan tartibda 154 reyd o‘tkazilib, noqonuniy chiqindi tashlash joylarini aniqlash bo‘yicha monitoring ishlari amalga oshirildi. Aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha 98 mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, maxsus sanitariya-tozalash korxonalariga, jismoniy va yuridik shaxslarga ogohlantirish berilib, 108 fuqaroga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi. 18 million 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi”, — deydi inspeksiyasiyaning hududiy bo‘lim boshlig‘i M.Nurjonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют