» » EMITT—2018 xalqaro sayyohlik yarmarkasida “O‘zbekiston” stendi “Eng yaxshi stend” deb topildi

EMITT—2018 xalqaro sayyohlik yarmarkasida “O‘zbekiston” stendi “Eng yaxshi stend” deb topildi


Turkiyaning Istanbul shahrida EMITT—2018 yigirma ikkinchi xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga asoslanib, O‘zA xabar berdi.

Mazkur yarmarka dunyo miqyosidagi yirik xalqaro tadbirlardan biri hisoblanadi. Uning navbatdagi ko‘rgazmasida 80 dan ortiq mamlakatlardan mingdan ziyod sayyohlik firma va kompaniya vakillari, ekspert hamda olimlar ishtirok etdi.

Yarmarkada namoyish etilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” stendida milliy aviatashuvchi faoliyati haqidagi axborot materiallari, MAK aviaparki, aviakompaniya qatnovlari jadvali va O‘zbekiston tur-paketlarining ko‘rgazma vaqtida sotilishi mumkinligi tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qildi.

Xalqaro sayyohlik yarmarkasida O‘zbekistonning tarixiy obidalari va milliy qadriyatlari aks etgan “O‘zbekiston” stendi tashkilotchilar tomonidan “Eng yaxshi stend”, deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют