» » AQSh rasmiylari Las-Vegas merganiga o‘q-dori sotgan do‘kondorga ayblov e’lon qildi

AQSh rasmiylari Las-Vegas merganiga o‘q-dori sotgan do‘kondorga ayblov e’lon qildi


AQSh rasmiylari 2017-yil oktabrida Las-Vegasda AQSh tarixidagi eng qonli otishmani uyushtirgan Stiven Peddokka zirhteshar o‘q sotgan do‘kondorga ayblov e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Arizona shtatida yashovchi Duglas Xeyg huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan so‘roqqa tutildi.

Rasmiylarga ko‘ra, u tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay, mazkur o‘q-dorilarni tayyorlagan va sotgan. Tergovchilar o‘qlarda Xeygning barmoq izlarini aniqladi.

Eslatib o‘tamiz, Peddok Mandalay Bay mehmonxonasining 32-qavatidan musiqiy festival qatnashchilariga o‘q uzishi oqibatida 58 kishi halok bo‘lgan, 520 dan ortiq odam jarohatlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют