» » OAV: Shimoliy Koreya noqonuniy ko‘mir va qurol eksportida 200 mln dollar ishlab topdi

OAV: Shimoliy Koreya noqonuniy ko‘mir va qurol eksportida 200 mln dollar ishlab topdi


Shimoliy Koreya 2017-yilda BMT sanksiyalarini chetlab o‘tib, noqonuniy ko‘mir va qurol eksportidan 200 million dollar daromad oldi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

BMT mustaqil kuzatuvchilari hisobotiga ko‘ra, KXDR Rossiya, Xitoy, Malayziya va Vyetnam portlariga 23 marotaba ko‘mir yetkazib bergan. Mazkur jarayonda soxta hujjatlardan foydalanilgan va ularda yetkazib beruvchi sifatida Xitoy va Rossiya ko‘rsatilgan.

Kuzatuvchilar Shimoliy Koreyaning Suriya va Myanma bilan uzoq davom etgan hamkorligiga ham e’tibor qaratdi.

Jumladan, 2012—2017-yillarda mamlakat kimyoviy qurol dasturini nazorat qiladigan Suriya ilmiy tadqiqot va ishlanmalar markaziga 40 dan ortiq yuk jo‘natilgan. Myanmaga esa ballistik raketalar yuborilgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют