» » Turkiya Afrinda qariyb 900 terrorchini yo‘q qilgani haqida hisobot berdi

Turkiya Afrinda qariyb 900 terrorchini yo‘q qilgani haqida hisobot berdi


Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasida harbiy operatsiya boshlaganidan beri 897 nafar terrorchini yo‘q qilgani haqida bayonot berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Turkiya Bosh shtabining qayd etishicha, 20-yanvar kuni boshlangan “Zaytun novdasi” operatsiyasi reja bo‘yicha davom etmoqda. Ushbu operatsiya Afrindagi kurd jangovar bo‘linmalariga qarshi qaratilgan bo‘lib, “Suriya ozodlik armiyasi” jangchilari ham turklar bilan birga harakat qilmoqda.

Rasmiy Damashq Afrin mintaqasi Suriyaning ajralmas bir qismi ekanini ta’kidlab, bu yerda Turkiya tomonidan olib borilayotgan operatsiyani qat’iy qoralagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют