» » O‘zbekiston banklari tushlik tanaffuslaridan voz kechishni boshladi

O‘zbekiston banklari tushlik tanaffuslaridan voz kechishni boshladi


O‘zbekiston banklari tushlik tanaffuslarisiz ishlashni boshlamoqda. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Jumladan, Asia Alliance Bank 1-fevraldan tushlik tanaffuslarisiz ishlash tartibiga o‘tganini e’lon qildi. Hamkorbank ham tanaffussiz ishlashda davom etishini bildirdi.

Har ikkala bank vakillarining Spot’ga ma’lum qilishlaricha, ular mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida shunday qaror qabul qilgan.

Yanvar oyi oxirida Markaziy bank tushlik uchun tanaffus endi 13:00 dan 14:00 gacha davom etishini ma’lum qilib, tijorat banklariga ham shunday ish tartibiga o‘tishni tavsiya qilgan edi. Bungacha banklarning tushlik vaqti 15:00 dan 16:00 gacha edi.

Shundan so‘ng bir qator banklar, xususan, “Agrobank”, “Kapitalbank”, “Aloqabank” va boshqalar tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha bo‘lgan ish tartibiga o‘tishini e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют