» » Afrika qirg‘oqlari yaqinida Hindiston tankeri yo‘qoldi

Afrika qirg‘oqlari yaqinida Hindiston tankeri yo‘qoldi


Afrikaning Benin davlati qirg‘oqlari yaqinida bortida hindistonlik 22 dengizchi bo‘lgan tanker g‘oyib bo‘ldi va 48 soatdan beri aloqaga chiqmayapti. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Panamada ro‘yxatga olingan Marine Express kemasi umumiy qiymati 8,1 million dollarga teng 13,5 ming tonna yoqilg‘ini olib ketayotgan edi.

Kema so‘nggi bor 31-yanvar kuni, Beninning Kotonu port shahriga yaqinlashganida aloqaga chiqqan. Shundan beri u bilan aloqani qayta tiklab bo‘lmayapti.

Hindiston rasmiylarining taxminiga ko‘ra, kema qaroqchilar tomonidan egallab olingani bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha bu taxmin tasdiqlanganicha yo‘q.

Hindistonning NDTV telekanali xabariga ko‘ra, Hindistonning kema qatnovlari vazirligi yo‘qolgan tanker va uning ekipaj a’zolari turgan joyni aniqlashda yordam so‘rab Benin va Nigeriyaning tegishli idoralariga murojaat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют