» » O‘zbekistonning turli hududlarida 13 ta paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari tashkil etiladi

O‘zbekistonning turli hududlarida 13 ta paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari tashkil etiladi


O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berish borasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomasi tuziladigan bo‘ldi. Bu Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida belgilab qo‘yildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning turli hududlarida 13 ta paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etiladi. Bu tashkilotlar yer, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish, paxta xomashyosini o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishga ko‘maklashadi. Shuningdek, paxtani chuqur qayta ishlash va qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi doirasida o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan paxta tolasi ixtiyoriy asosda sertifikatlanadi. Ishlab chiqaruvchining o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktlar yoki birja savdolari orqali boshqa mahalliy iste’molchilarga mahsulotini sotishiga ruxsat berildi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchisi tomonidan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi narxi fermer xo‘jaliklarining rentabelligi hisobga olinib, agrotexnologik xaritalar asosida amalga oshiriladigan harajatlardan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilanadi. U davlat ehtiyojlari uchun belgilangan narxlardan past bo‘lmasligi kerak.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga kreditlar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yillik 3 foizdan ortiq bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha va davlat buyurtmasi doirasida paxta xom ashyosi sotadigan fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan shartlar asosida ajratiladi.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosi ishlab chiqarish maqsadida ajratiladigan mablag‘lar fermer xo‘jaligining maxsus hisobraqamiga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют