» » Surxondaryoning Nilu qishlog‘idagi Naqshband majmuasida joylashgan masjid ishga tushdi

Surxondaryoning Nilu qishlog‘idagi Naqshband majmuasida joylashgan masjid ishga tushdi


Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi Nilu qishlog‘idagi masjid o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirdi.

2 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan Nilu qishlog‘i markazida Sarihavz nomi bilan mashhur ziyoratgoh majmua bor, uning ikkinchi nomi — “Bahouddini balogardon”.

Qayd etishlaricha, bu Bahouddin Naqshbandning qadamjolaridan bo‘lib, mazkur majmua masjid binosi, hovuz, tut va aylanasi 35 metrcha, balandligi 70 metr bo‘lgan chinor daraxtlaridan iborat.

“Bugun mazkur majsid rasman ish faoliyatini boshladi va ushbu hududdagi aholining bir necha kilometr uzoqlikdagi masjidlarga qatnashiga zarurat qolmadi”, — deyiladi hokim nomidan e’lon qilingan xabarda.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, majmudagi hovuzning suvi — Nilu qishlog‘i aholisi uchun yagona ichimlik manbai hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют