» » Shvetsiya maxsus xizmatlari Rahmat Oqilovni kuzatishni Stokgolmdagi teraktdan uch oy avval to‘xtatgan

Shvetsiya maxsus xizmatlari Rahmat Oqilovni kuzatishni Stokgolmdagi teraktdan uch oy avval to‘xtatgan


Shvetsiya davlat xavfsizlik xizmati (DXX) kelib chiqishi o‘zbekistonlik Rahmat Oqilovni kuzatishni 2017-yil yanvar oyida to‘xtatgan. Bu haqda, Shvetsiya Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan hisobotga tayanib, The Local nashri xabar bermoqda. Kuzatuv to‘xtatilganidan uch oy o‘tib — 2017-yil aprelida Rahmat Oqilov Stokgolm markazida odamlar ustiga yuk mashinasini haydab borgan.

DXX Oqilovni 2017-yilning 31-avgustidan boshlab — u xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida axborot kelib tushganidan so‘ng kuzatishni boshlagan. Kuzatuv 2017-yil 19-yanvarida to‘xtatilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Oqilov aynan shu vaqtdan boshlab teraktni uyushtirishga tayyorgarlik boshlagan.

DXXning harakatlariga baho beruvchi sudya Runar Vikstenning fikricha, Oqilov ortidan kuzatuvni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror asosli bo‘lgan, chunki xizmat ixtiyorida o‘sha vaqtda bo‘lgan ma’lumotlar Oqilovga nisbatan biror chora ko‘rish uchun yetarli bo‘lmagan. Sudyaning xulosasiga ko‘ra, DXX o‘zida mavjud ma’lumotlar doirasida qo‘lidan kelgan hamma choralarni ko‘rgan.

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov 2017-yil 7-aprelida Stokgolm markazidagi piyodalar ko‘chasiga yuk mashinasida kirib borib, odamlar ustiga haydagan. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi tan jarohati olgan.

Bu ish bo‘yicha sud fevral oyida boshlanishi va ikki oycha davom etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют