» » Mudofaa ishlari tizimida ishonch telefon raqamlari joriy etildi

Mudofaa ishlari tizimida ishonch telefon raqamlari joriy etildi


Mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlari bilan bevosita muloqotni amalga oshirish, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ishonch telefon raqamlari joriy etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur telefon raqamlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar mudofaa boshqarmalari, barcha shahar va tuman mudofaa bo‘limlarida ishga tushirildi.

Ishonch telefonlarining ishlamasligi, fuqarolar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lish, ularni qabul qilmaslik va boshqa holatlar, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha bevosita Mudofaa vazirligining (0371) 269-84-23 yoki 269-84-00 telefon raqamlariga murojaat etish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 09:13)
+1 (голосов: 3)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют