» » O‘zbekiston yanvarda Rossiyadan 24,9 ming tonna neft sotib oldi

O‘zbekiston yanvarda Rossiyadan 24,9 ming tonna neft sotib oldi


2018-yilning yanvarida O‘zbekistonga Rossiya nefti importi 24,9 ming tonnani tashkil qildi, deb yozadi “Spot.uz”.

2017-yilda O‘zbekiston Rossiyadan 68,2 ming tonna neft sotib olgan edi. Xususan, noyabrda O‘zbekistonga 30 ming tonna, dekabrda — 38,2 ming tonna neft yetkazib berilgan.

O‘zbekiston va Rossiya 2017-yilning 5-aprelida O‘zbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini yetkazish haqidagi memorandumni imzolagan edi.

“Transneft” vitse-prezidenti Sergey Andronov  O‘zbekistonga 500 ming tonna neftni yetkazib berishda “Rosneft”, “Gazprom neft”, “Lukoyl” va “Russneft” ishtirok eta olishini aytgandi.

Avvalroq “Transneft” rasmiy vakili Igor Demin kompaniya 2017-yil dekabrida O‘zbekistonga 50 ming tonna neft yetkazib berishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Demin gap hozircha sinov tariqasidagi yetkazib berishlar haqida borayotganini aniqlik kiritgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют