» » Beruniyda Majburiy ijro byurosi xodimining xatosi fosh etildi. U yetkazilgan zararni o‘z hisobidan to‘lab berdi

Beruniyda Majburiy ijro byurosi xodimining xatosi fosh etildi. U yetkazilgan zararni o‘z hisobidan to‘lab berdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida Majburiy ijro byurosi xodimi amalga oshirgan noqonuniy harakati uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “KRuz.uz”ga xabar bermoqda.

MIB Beruniy tuman tuman bo‘limi xodimi A.R.D. tumanning Alpomish ko‘chasi, 30-xonadonda istiqomat qiluvchi iste’molchi Kamil Xabibullayevning uyidagi elektr hisobagich ko‘rsatkichi 6812 KVTni ko‘rsatishiga qaramasdan, 9874 KVT deb kiritishi natijasida 552535 so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

Bundan norozi bo‘lgan Kamil Xabibullayev Beruniy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, yuzaga kelgan qarzdorlikka oydinlik kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosiga xat orqali murojaat qilindi. Natijada qarzorlikni MBIning xodimi o‘z hisobidan to‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют