» » Eron TIV rahbari: AQShning yadroviy doktrinasi insoniyatni halokatga yaqinlashtiradi

Eron TIV rahbari: AQShning yadroviy doktrinasi insoniyatni halokatga yaqinlashtiradi


Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSh yadroviy doktrinasining yangi versiyasini tanqid ostiga olib, u insoniyat halokatiga qo‘yilgan qadam bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“AQShning yadroviy doktrinasi yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga zid ravishda unga kuchli qaramlikni namoyish etadi. Bu esa insoniyatni halokatga yetaklaydi. Qiyomat kuni soatlari 1953-yildagi holatdan juda xavfli vaziyatda ekanligidan ajablanmayman. Keng qamrovli hamkorlikdagi harakatlar rejasini buzishdagi Trampning qaysarligi ham o‘sha xavfli ehtiyotsizlikdan kelib chiqadi”, — deb yozdi vazir o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Zarif aytayotgan ramziy soatlar ilk marta 1947-yilda Bulletin of Atomic Scientists jurnali muqovasida paydo bo‘lgan edi. 26-yanvar kuni dunyodagi yadro quroli bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani uchun soat 23:58 ni ko‘rsatgan edi. Bu esa “yadroviy qiyomatga 2 daqiqa qoldi” degan ma’noni anglatadi. Bunday holat 1953-yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda atomchi olimlar AQSh tomonidan 1952-yilda vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganida hodisaga shunday munosabat bildirgan edi.

AQShning yangilangan yadroviy doktrinasi 2-fevral kuni e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют