» » High Tech City loyihasining birinchi bosqichi boshlandi

High Tech City loyihasining birinchi bosqichi boshlandi


Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimiyati va Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo korporatsiyasi 1-fevral kuni High Tech City loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi. Bu haqda, qo‘mita matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Kelishuv 22-noyabr kuni Seulda imzolangan, 1,4 milliard dollar qiymatdagi yuqori texnologik tuman qurilishi borasidagi hujjatni to‘ldiradi.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichiga qadam qo‘yadi. Ushbu bosqichda qo‘shma ishchi guruh tuzilib, u loyiha sifatli va tezkor amalga oshirilishining barcha bosqichlarini, qurulish maydonining tanlanishi, konseptual reja ishlab chiqilishi va birlamchi texnik-iqtisodiy asosnoma tuzilishini muvofiqlashtirish uchun javobgar bo‘ladi.

50 gektar hududda biznes-markazlar, uy-joy, ilmiy-tadqiqot markazlari, ta’lim, tijorat, sanoat muassasalari va boshqa obyektlar joylashadi. Barcha obyektlar “aqlli” texnologiyalar, jumladan, energiya tejovchi tizimlar va binolar avtomatizatsiyasidan foydalanilgan holda quriladi.

Koreyalik mutaxassislar Toshkentda shaharchilik tahlilini o‘tkazib, Tashkent City va Nurafshon singari o‘xshash loyihalarni o‘rganib chiqdi. Hozirgi paytda yangi tumanni joylashtirishning to‘rt varianti ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют