» » Andijonda tez tibbiy yordam ko‘rsatgani kelgan xodim bemorning tilla buyumlarini olib ketdi

Andijonda tez tibbiy yordam ko‘rsatgani kelgan xodim bemorning tilla buyumlarini olib ketdi


Andijon shahrida yashovchi U.G. shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, mehmonxonasidagi televizori ustidan narxi 24 million so‘mlik tilla taqinchoqlari — zanjir, uzuk, bilaguzuk va bir juft zirak o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Andijon viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida o‘g‘ri Andijon tumanida istiqomat qiluvchi A.L. bo‘lib chiqdi. U 2018-yil 12-yanvar kuni soat 06:30 larda U.G.ning chaqiruviga asosan uyiga tez tibbiy yordam avtomashinasida kelib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgani, chiqib ketayotib, yuqoridagi tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha Andijon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют