» » “Real”dan keyin “Barselona” Kataloniya derbisida ochko yo‘qotdi. “Atletiko” markaziy o‘yinda zafar quchdi

“Real”dan keyin “Barselona” Kataloniya derbisida ochko yo‘qotdi. “Atletiko” markaziy o‘yinda zafar quchdi


Ispaniya La Ligasining 22-tur bellashuvlari bugun — 5-fevral kungi o‘yin bilan o‘z yakuniga yetadi.

Kecha muxlislar Kataloniya derbisini tomosha qildi va unda peshqadam “Barselona” 2 ochko yo‘qotdi. Bungacha Ernesto Valverde shogirdlari bilan “Atletiko”, “Valensiya” va “Selta” klublari durang o‘ynay olgandi. Kecha ular safiga “Espanyol” ham qo‘shildi.

Shu kuni Lionel Messi zaxiradan o‘yinga tushdi. 82-daqiqada Pike aynan Messining pasidan so‘ng hisobni tenglashtirishga erishdi. “Barselona” bir necha kun ilgari Ispaniya Kubogining chorak finalida “Espanyol” mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu yil “Kornelya El Prat” stadioni La Liga yetakchisi uchun og‘ir keldi.

Turning markaziy o‘yini “Atletiko”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Shu tariqa Diyego Simeone jamoasi “Valensiya”dan 9 ochko ilgarilab ketishni boshladi. “Atletiko”ning o‘zi peshqadam “Barselona”dan xuddi shuncha ochko ortda qolib ketgan.

Ispaniya La Ligasi

22-tur bellashuvlari

4-fevral, yakshanba

Gollar: Xerard, 66 (1:0). Jerar Pike, 82 (1:1).

Gollar: Kristian Stuani, 7-pen (1:0). Kristian Stuani, 65 (2:0).

Gol: Anhel Korrea, 59 (1:0).

5-fevral, dushanba

“Las-Palmas” — “Malaga” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют