» » OAV: Iroq rasmiylari Saddam Husaynning qizini eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritdi

OAV: Iroq rasmiylari Saddam Husaynning qizini eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritdi


Iroq rasmiylari ilk bor eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ro‘yxatga 60 kishi, jumladan, mamlakat sobiq prezidenti Saddam Husaynning katta qizi Rohat kiritildi. U hozirda Iordaniyada bo‘lib turibdi.

Shuningdek, mazkur hujjatda IShIDning 28 nafar dala qo‘mondoni, “Al-Qoida”ning 12 nafar yetakchisi, BAAS partiyasi mansabdorlari, jumladan, Rohat haqida ma’lumot va ayblovlar jamlangan.

Al Sumaria telekanaliga ko‘ra, ro‘yxatga qayerda ekanligi hozirgacha noma’lum bo‘lgan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy kiritilmagan.

Sanab o‘tilgan shaxslarning barchasi ayni paytda Iroqdan tashqarida. Ularning ekstraditsiyasi masalasi Interpol bilan birgalikda hal etiladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют