» » Nokia 7 Plus: smartfonning ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Nokia 7 Plus: smartfonning ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)


Internetda Nokia 7 Plus smartfoni taqdimoti slaydlarining fotosuratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Ularga ko‘ra, Nokia 7 Plus metall romli shisha korpusga ega bo‘ladi. Barmoq izi skaneri orqa panelda joylashadi, old panelda esa 18:9 nisbatli ingichka romli 6 dyuymli displey joylashadi. Full HD+ displey 2160?1080 pikselli bo‘ladi.

Asosiy kamera 12 va 13 megapikselli ikkita moduldan iborat bo‘ladi.

Smartfon Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi, tezkor xotirasi 4 Gb bo‘ladi. Android 8.0 Oreo operatsion tizimi o‘rnatiladi.

Nokia yangi smartfonini 25-fevral kuni Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadigan taqdimotda namoyish etishi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют