» » Qaynota bo‘lishni istamagan pokistonlik o‘z oilasini otib tashladi

Qaynota bo‘lishni istamagan pokistonlik o‘z oilasini otib tashladi


Pokistonlik erkak qarindoshlari qizining turmushga chiqishini ma’qullaganidan xabar topgach, o‘z oilasini o‘ldirdi. Qiz unga umuman yoqmaydigan yigitga turmushga chiqishi kerak edi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.

Asif Shoh dastlab xotini, so‘ng qizlari Komal va Ridani otib tashladi, shundan keyin esa 15 yoshli o‘g‘lini og‘ir yaraladi.

Kelishmovchilik Panjob viloyatining Attok shahrida yuz bergan. Politsiyachilar so‘zlariga ko‘ra, 26 yoshli Komalga bir yigit sovchi qo‘ygan. Kelinning otasiga u xush kelmagan.

Bo‘lajak qaynota oilaning qolgan a’zolari undan farqli ravishda bo‘lg‘usi to‘ydan mamnun ekanligini bilgach, qo‘liga qurol olgan. Qotillikdan so‘ng voqea joyidan qochib qolgan. Erkakni politsiya qidirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют