» » O‘zbekistonda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi

O‘zbekistonda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi mamlakat hududi orqali tranzit o‘tkazish tartibini soddalashtirish, ishonchli transport-tranzit koridorlarini yaratish va tranzit tashish oqimini ko‘paytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish uchun ruxsat olish tartibini bekor qilishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, tashuvchiga O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining depozit hisob varag‘iga tegishli bojxona to‘lovlari (boj, aksiz solig‘i, QQS)ni amalga oshirish, mahsulot O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganidan so‘ng pul qaytarish majburiyatlari ham bekor qilinadi.

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-oktabrdagi PQ-703-sonli “Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yo‘li bilan olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini avtomobil yoki temir yo‘l orqali olib o‘tish uchun qo‘yilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjat qabul qilinganidan so‘ng, 2007-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogol va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish deyarli amalga oshirilmadi.

Bu tartibning bekor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish tartibini sezilarli darajada soddalashtiradi va transport orqali tranzit hajmi yanada ko‘payishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют