» » O‘zbekistonlik umra ziyoratchilari Makka shahriga yetib bordi

O‘zbekistonlik umra ziyoratchilari Makka shahriga yetib bordi


4-fevral kuni Saudiya Arabistonida umra ziyoratida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlari Makka shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portali xabar bermoqda. Ular mehmonxonaga joylashganidan so‘ng Masjidi Haramdagi Baytullohni tavof qilib, Safo va Marva orasida sa’y hamda soch qisqartirish amallarini ham bajarib oldi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsum davomida ziyoratchilarga Saudiya Arabistonida 12 nafar ishchi guruhi, 12 nafar oshpaz va 21 nafar shifokorlar guruhi xizmat ko‘rsatadi.

O‘n kunlik umra safari davomida o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun bo‘lib, “Masatul Bustan” mehmonxonasida istiqomat qiladi. Makka shahrida esa “Abrojul Kisva” mehmonxonasida ziyoratchilar 7 kun davomida bo‘ladi.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilar mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, O‘zbekiston ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta’minlandi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirildi va ziyorat haqida to‘liq ma’lumot beruvchi qo‘llanma va disk berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют