» » Angliyada besh oyoqli qo‘zichoq tug‘ildi

Angliyada besh oyoqli qo‘zichoq tug‘ildi


Angliya shimolidagi Darem grafligida joylashgan fermalardan birida besh tuyoqli qo‘zichoq dunyoga keldi, deb yozadi Daily Mail.

Jonivorning egasi u yashab ketishiga ishonmagan, ammo unga Umid deb laqab bergan. Qo‘zichoq ikki haftalik bo‘lganidan so‘ng ayol uni o‘zida qoldirishga qaror qildi.

Beshinchi tuyoq qo‘zichoqning yonboshidan chiqib turadi. Bu panja qolgan to‘rtta sog‘lom va o‘z joyida turgan panjalar kabi ikkiga ajralgan.

Odatda majruh bo‘lib tug‘ilgan jonivorlar uzoq yashamaydi. Biroq qo‘zichoqni ko‘rikdan o‘tkazgan veterinar uning ortiqcha tuyog‘ini olib tashlash hojati yo‘qligini hamda jonivorning uzoq va baxtli hayot kechirishga xalal beradigan hech narsa yo‘qligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют